Kirish
Moykalar uchun CRM

Daftarni yopib qo'ying.
Moyka endi telefoningizda.

Qaysi mashina keldi, kim qancha to'ladi, ustaga qancha tegadi — hammasi telefonda, darrov.

Kamera raqamni o'qiydi

Suratga oling — mashina ham, mijoz ham chiqadi.

Bitta suratdan raqami, rusumi va rangi chiqadi. Mijozning kartasi o'zi ochiladi: necha marta kelgan, qarzi bormi, oxirgi marta qachon yuvgan.

Mijozlar ro'yxati

Mijozlar — esda emas, ro'yxatda turadi.

Kim qachon keldi, qancha to'ladi, qarzi qancha — hammasi yozilib boradi. Ancha kelmay qo'ygan mijozga eslatma o'zi ketadi.

Uzoqdan kuzatish

Moykada bo'lmasangiz ham, hammasini ko'rib turasiz.

Bokslar, kassa, ustalarning haqi — telefoningizda, shu daqiqada. Mijozga «Mashinangiz tayyor» degan xabar o'zi boradi.

Tanish holatmi?

01
Kechqurun daftar bilan hisob-kitob qilasizmi?
Kassa, qarzlar, ustalarning haqi kun oxirida o'zi chiqib turadi. Qo'lda qo'shib o'tirmaysiz.
02
Kim to'lagan, kim qarz — esdan chiqib qoladimi?
Har bir mashina raqami bilan yoziladi. Kimda qarz borligi ko'rinib turadi.
03
Ustalar bilan haq ustida tortishasizmi?
Kim nechta mashina yuvgani, qancha ishlagani ko'rinib turadi. Tortishuvga o'rin yo'q.

Oldin va hozir

DAFTAR · ТЕТРАДЬ
Oldin: mashina keldi — daftarga yozdingiz — kechqurun hisobladingiz — pul to'g'ri kelmadi.
Wash Club CRM
Hozir: raqamni yozdingiz yoki suratga oldingiz — mashina navbatda — to'lovni belgiladingiz — hisobot tayyor.
01A 777 AAUZNavbatdaTo'landiHisobot
4 500+
Toshkentdagi moykalar bu tizimda 4 500 dan ortiq mashina yuvgan.

Moykada bo'lmasangiz ham, hammasi ko'z oldingizda. Ariza qoldiring — bir kun ichida qo'ng'iroq qilib, hammasini sozlab beramiz.